11 oyda tashqi savdo aylanmasi 59,4 mlrd dollarga yetdi
2024-yil yanvar noyabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,4 mlrd dollarga yetdi va 2023-yilning yanvar noyabr oylariga nisbatan 2,1 mlrd dollarga yoki 3,6 foizga koʻpaydi.
TSAda eksport hajmi 24,2 mlrd dollarga (2023-yilning yanvar noyabr oylariga nisbatan 4,4 foizga koʻpaydi) va import hajmi 35,1 mlrd. dollarga (3 foizga koʻpaygan) yetdi.
Shu bilan birga, 31,8 mlrd dollarlik tovarlar, 3,3 mlrd dollarlik xizmatlar import qilingan.
TSAning eng katta hajmi:
MDH mamlakatlariga — 21 mlrd dollar;
YOII mamlakatlariga — 15,9 mlrd dollar;
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan — 5,7 mlrd dollar;
boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlash — 38,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
Taʼkidlash joiz, hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi dunyoning yuzdan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalariga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring