Oʻzbekistondagi qurilish korxonalarining soliqdan qarzdorligi 1 trillion soʻmdan oshdi

18:09 16 Avgust 2024 Iqtisodiyot
433 0

2024-yil 1-avgust holatiga koʻra soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori boʻlgan Oʻzbekistondagi qurilish korxonalari soni 963 tani tashkil qiladi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Mazkur korxonalarning jami qarzi 1 trillion 136 milliard soʻmni tashkil qiladi.

Shundan 428 milliard soʻmi, yaʼni 37,7 foizi soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.

Bular quyidagi qurilish korxonalari:

  • “Koʻprikqurilish” — 69,4 mlrd soʻm;
  • “Odil-Xamza” — 58,2 mlrd soʻm;
  • “Taʼmirlash Qurilish Servis” — 51,6 mlrd soʻm;
  • “Zamonaviy Qurilish Plitkalari” — 45,3 mlrd soʻm;
  • DM Enter Engineering Pte Ltd — 43,5 mlrd soʻm;
  • Eriell Dmcc-Jp Bureniye — 38,9 mlrd soʻm;
  • Enter Engineering Pte Ltd DM — 37,1 mlrd soʻm;
  • “Aziya Invest Favorit” — 29,3 mlrd soʻm;
  • Grand Road Tashkent — 28,7 mlrd soʻm;
  • Eriell Ofsme Dmcc-Akchalak — 26,1 mlrd soʻm.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari quyidagicha:

  • Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI — 404,9 mlrd soʻm;
  • Toshkent shahri — 310,8 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati — 81,9 mlrd soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?