Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi

“Har bir inson, har bir oilaga tinchlik va xotirjamlik, qut-baraka, baxt-saodat hamisha yor boʻlsin! Yashasin Oʻzbekiston davlati! Yashasin Oʻzbekiston xalqi!”, – dedi Prezidentimiz nutqining yakunida.

21:38 29.08.2025
Biz Falastin xalqi BMT rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, yaʼni oʻzining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qatʼiy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz — Shavkat Mirziyoyev

Insonparvarlik anʼanalarimizga sodiq qolib, Oʻzbekistonga olib kelingan Falastin fuqarolariga mehmonlarimiz sifatida zarur ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus farmon qabul qilindi.

20:05 29.08.2025
Bugungi yoshlarimizning ovozi, gʻoya va tashabbuslari, kuch-gʻayrati barcha soha va tarmoqlarga chuqur kirib bormoqda — Shavkat Mirziyoyev

Ushbu bayram arafasida 19 va 22 yoshli bokschilarimiz Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor boʻlib, oʻzbek boks maktabining shuhratini dunyoga yana bir bor namoyon etdi.

19:38 29.08.2025
Xalqimiz uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi islohotlarimiz bir daqiqa ham toʻxtamaydi — Shavkat Mirziyoyev

Yurtimizda ijtimoiy himoya siyosatining butunlay yangi modeli yaratilgani taʼkidlandi.

19:22 29.08.2025
Shu yilning oʻzida “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarda yana 130 ming xonadonli zamonaviy uy-joylar qurilib, aholiga topshiriladi — Shavkat Mirziyoyev

“Tabiatga mehrli munosabat orqali kelajak avlodlarga unumdor yer, zilol suv, musaffo havoga ega boʻlgan goʻzal Vatanni meros qilib qoldirishni muqaddas burchimiz, deb bilamiz. Shu maqsadda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarimizni yanada kengaytiramiz”, — dedi Prezident.

19:17 29.08.2025
Yana bir maqsadimiz – halol ishlagan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga imkoniyatlarni koʻpaytirishdan iborat — Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston dunyoga keng ochilganidan soʻng xorijiy sayyohlar soni oʻtgan yili 10 million kishidan, turizm xizmatlari eksporti esa 3 milliard dollardan oshdi.

19:06 29.08.2025
Shavkat Mirziyoyev koʻp millatli Oʻzbekiston xalqini Istiqlol bayrami bilan tabrikladi

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

18:54 29.08.2025
Dunyoga tinchlik kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilayotgan islohotlar nafaqat yurtimizda, balki dunyoning bir qancha nuqtalarida ham yuraklarga hayotdan rozilik, taqdirdan minnatdorlik olib kirayotganini hayajonsiz gapirmay boʻlmaydi.

18:14 29.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Prezident bu yerda amalga oshirilayotgan soʻnggi pardozlash va jihozlash ishlarini koʻzdan kechirdi.

15:10 29.08.2025
Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi

Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

12:13 29.08.2025
Prezident Shahidlar xotirasi xiyobonida qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi

Xiyobonda vatan fidoyilari haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Elga osh tortildi.

11:38 29.08.2025
Milliy istiqlolimizning eng buyuk maqsadi – insonga eʼtibor va uning qadrini yuksaltirishdir

Bugungi kunda Vatanimizning har bir goʻshasida bayram shukuhi hukm surmoqda. Mustaqillik bayrami yurtimizda kechayotgan ulkan oʻzgarishlar, milliy taraqqiyot va xalqparvar islohotlarga uygʻun holda tantana qilinmoqda.

11:02 29.08.2025
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi.

19:48 28.08.2025
Prezident bayram arafasida 523 nafar mahkumni afv etdi

Davlat rahbari “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

10:10 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

20:18 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Milliy muzeyi qurilishiga tamal toshi qoʻydi

Tashrif chogʻida davlatimiz rahbariga ushbu inshoot loyihasi va xususiyatlari, qurilish bosqichlari haqida axborot berildi.

17:35 27.08.2025
Bosh prokuror, Mudofaa vaziri va Ichki ishlar vaziriga yangi unvon berildi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

14:51 27.08.2025
Prezident davlat mukofotlarini egalariga topshirdi

Davlat rahbarining farmonlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

14:34 27.08.2025