Dunyoga tinchlik kerak
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilayotgan islohotlar nafaqat yurtimizda, balki dunyoning bir qancha nuqtalarida ham yuraklarga hayotdan rozilik, taqdirdan minnatdorlik olib kirayotganini hayajonsiz gapirmay boʻlmaydi.
Birgina “Boʻston” sihatgohi misolida olsak, bu maskanda qanchadan-qancha beorom qalblarga taskin berildi. Minglab odamlar urush olovlari ichidan oromgohimizga olib kelinib, insonparvarlik va bagʻrikenglik koʻrsatildi. Keyingi yillarda bir emas, besh marta amalga oshirilgan “Mehr” yordamlarini eslaylik. Koʻrsatilgan gʻamxoʻrlik uchun yuzlab insonlar minnatdorlik bilan duo qilmoqda. Ular bir kechada boshlarida bomba portlab, quloqlari oldidan oʻq vizillab oʻtib turgan vaziyatdan tinch va osuda hayotga qaytdilar.
Falastinlik onalar va bolalarga koʻrsatayotgan saxovat va gʻamxoʻrlikni butun dunyo tan olib turibdi. Ular ham tabassum qilishga haqli. Mana, toʻqqiz oydirki, ular halovatda hayot kechirmoqda. Vatanimizda ular uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu tinchliksevar Oʻzbekistonning butun jahonga qarata “Dunyoga tinchlik kerak!” – deya aytgan daʼvatidir.
Bir mayizni qirq boʻlib yegan xalqmiz. Bagʻrikenglik, insonparvarlik qon-qonimizga singib ketgan. “Boʻston sanatoriysi”da bu qadriyatlar millatimiz shaʼni kabi eʼzoz topishi, bunga hech kim befarq boʻlmasligiga harakat qilamiz.
Farida AKBAROVA,
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi
“Boʻston sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori,
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring