“Zulfiya” mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga koʻra, talabgorlar 8 ta yoʻnalish — fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati boʻyicha tanlovlar orqali saralanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu mukofot ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga oʻqish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.
Yoʻnalishlar boʻyicha har bir oʻringa munosib talabgorlarni tanlash 3 bosqichda amalga oshiriladi. Xususan, birinchi bosqichda tuman (shahar) bosqichi oʻtkaziladi va bu har yili 2-sentyabrdan 20-oktyabrga qadar davom etadi.
Keyingi davrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtadi. Ushbu bosqich uchun 21-oktyabrdan 30-noyabrga qadar oʻtkaziladi.
Soʻnggi Respublika bosqichi 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar oʻtkaziladi.
Mukofot har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.
“Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, koʻkrak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring