Joriy yilning 7 oyida chet elga safar qilgan oʻzbekistonliklar soni haqida maʼlumot berildi

10:34 21 Avgust 2025 Jamiyat
80 0

2025-yilning yanvar-iyul oylarida 4,3 milliondan ziyod Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Joriy yilning 7 oyida chet elga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan.

  • Qirgʻiz Respublikasi — 1 918 904 nafar;
  • Qozogʻiston — 799 429 nafar;
  • Tojikiston — 754 123 nafar;
  • Rossiya — 274 356 nafar;
  • Saudiya Arabistoni — 151 705 nafar;
  • Turkiya — 141 753 nafar;
  • BAA — 82 587 nafar;
  • Misr — 38 081 nafar;
  • Vyetnam — 22 762 nafar;
  • Xitoy — 20 484 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 132 339 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 954,4 ming nafarga yoki 28,2 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?