HAMAS isroilliklarning jasadlarini topshirishni rad etdi
HAMAS garovga olingan isroilliklarning jasadlarini bermasligini maʼlum qildi. Isroil va HAMAS oʻrtasidagi sulh bitimining asirlarni almashishga oid birinchi bosqichi yakunlandi. Unga koʻra, guruh 20 nafar isroillikni ozod qilgan, ammo 28 nafar halok boʻlganlarning jasadlarini topshirishdan bosh tortgan. Faqatgina toʻrt nafar nepallik talabalarning jasadlari qaytarilgan, xolos.
Halok boʻlganlarning yaqinlari HAMASni kelishuv shartlarini buzganlikda ayblamoqda. Ular guruh vafot etganlarning jasadlarini topshirish boʻyicha aniq jadval taqdim etmaganini tanqid qilib, Isroil hukumatini ham axloqiy xiyonatda aybladi.
Natijada, garovda boʻlgan tirik isroilliklar oilalari bilan qayta uchrashish baxtiga muyassar boʻlayotgan bir paytda, halok boʻlganlarning qarindoshlari hanuz yaqinlarini dafn etish imkonidan mahrum qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring