Jizzaxda tez yordam mashinasi piyodani urib yubordi
Foto: Videodan kadr
Jizzaxda tez tibbiy yordam mashinasi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan ayolni urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 23-may kuni soat 8:30 larda Jizzax shahrining Qassoblik mahallasidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Unda tez tibbiy yordam mashinasi harakatlanib ketayotib piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan 48 yoshli ayolni urib yuborgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol va yana bir qiz yoʻlni kesib oʻtayotganda katta tezlikda kelgan tez tibbiy yordam mashinasi ayolni urib ketganini koʻrish mumkin.
Oqibatda ayol ogʻir tan jarohatlari olgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filialining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring