Tramp uchinchi muddatga nomzodini qoʻya olmasligidan afsus bildirdi
TASS xabariga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp uchinchi marta prezidentlik saylovida ishtirok eta olmasligidan afsusda ekanini maʼlum qildi.
U bu fikrni AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning bayonotiga izoh berar ekan, bildirdi. Jonson avvalroq respublikachi Trampning prezidentlik lavozimida uchinchi muddat xizmat qilishi imkoniyatini koʻrmayotganini aytgan edi.
Tramp shunday dedi:
“Oʻqiganlarimdan kelib chiqib, menga uchinchi marta nomzod boʻlishga ruxsat berilmaydi. Qanday boʻlishini koʻramiz. Agar konstitutsiyani oʻqisangiz, men uchinchi marta saylovda qatnasha olmasligim aniq. Bu, albatta, juda achinarli”.
Eslatib oʻtamiz, AQSH Konstitutsiyasining 22-tuzatmasiga koʻra, mamlakat prezidenti bu lavozimni faqat ikki muddat egallashi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring