Jizzaxda qoʻlbola alkogol ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh qilindi
Jizzax viloyatida alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotgan yashirin sexdan 4 tonna spirt ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.T. Sharof Rashidov tumani, “Qahramon” MFY hududidagi savdo doʻkonida turli nomdagi 24 dona qoʻlbola tayyorlangan alkogol mahsulotlarini savdoga qoʻyganligi fosh qilingan.
Tezkor tadbir davom ettirilganda fuqaro Sh.T. ushbu mahsulotlarni “Sharilloq” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil qilib, qoʻlbola alkogol mahsulotlari tayyorlab kelayotgan muqaddam sudlangan fuqaro U.S.dan olganligi aniqlanib, mazkur yashirin sexdan 4 tonna spirt va 480 dona boʻsh shisha idishlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring