Jiddadan Toshkentga uchayotgan samolyotda yoshi katta ayolning yuragi toʻxtab qoldi
“9S-3306” reysi Jidda – Toshkent yoʻnalishida bortda yuzaga kelgan shoshilinch tibbiy holat sababli Bahrayn aeroportiga majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqda “Air Samarkand” aviakompaniyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, parvoz vaqtida yoshi katta ayol yoʻlovchining yuragi toʻxtab qolgan. Shundan soʻng, “Air Samarkand” ekipaji — havo kemasi komandiri Degtev Roman Olegovich va ikkinchi uchuvchi Smirnov Yegor Denisovich — tezkor qaror qabul qilib, tibbiy yordam koʻrsatish uchun eng yaqin aeroportga favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan. Samolyotga shifokorlar brigadasi chaqirilgan.
Bortkuzatuvchilar ekipaji brigadiri Svetlana Bolkonskaya rahbarligida qoʻnishgacha yoʻlovchiga imkon qadar barcha yordamni koʻrsatgan. Qoʻnish amalga oshirilgandan soʻng, mahalliy shifokorlar reanimatsion tadbirlarni oʻtkazgan. Yoʻlovchining ahvoli barqarorlashgan.
Tibbiyot xodimlari bemor ayolni davolanish uchun mahalliy klinikaga olib borgan. Reys yonilgʻi quyib olgandan soʻng parvozni Toshkentga taxminan 2 soat kechikish bilan davom ettirgan va mahalliy vaqt bilan soat 9:49 da qoʻngan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring