Janubiy Koreya oʻzbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun viza talablarini yumshatishi mumkin
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish va oʻzbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlarni yaratish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, kecha, 17-aprel kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv oʻtkazgan.
Maʼlumotlarga koʻra, muzokaralar chogʻida mehnat migratsiyasi va Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilingan.
Muzokaralar chogʻida viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan oʻzbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilib, tomonlar Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olgan.
“Kun tartibidagi asosiy mavzular Janubiy Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qoʻshma oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va ishga joʻnab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi taʼlim tashabbuslarini yaratish masalalari boʻldi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring