Jahonobodda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda bayramlar shukuhi kezayotgan shu kunlarda Rishton tumanining “Jahonobod” mahalla fuqarolar yigʻinida “Kibriyoxon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Yangi bogʻchaning ochilish marosimida Rishton tuman hokimligi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

— Yangi maktabgacha taʼlim muassasasida kelajagimiz vorislarining sifatli boshlangʻich taʼlim olishi uchun zarur zamonaviy qulayliklar muhayyo etildi, — deydi loyiha tashabbuskori, tadbirkor Nargiza Hamdamova. — Natijada 10 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratilib, rus va ingliz tili, matematika hamda badiiy gimnastika toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Yaqin kunlarda muassasada tarbiyalanuvchilar sonini 100 nafarga yetkazish koʻzda tutilgan. Bu mahallada maktabgacha taʼlim qamrovini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring