Jahon banki ishtirokida milliy irrigatsiya tizimi yangilanadi
Faxriddin BOZOROV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda “Milliy irrigatsiya tizimini takomillashtirish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi ishlab chiqilmoqda. Uning umumiy qiymati 240,5 mln. dollar boʻlib, shundan Jahon bankining ulushi 200 mln. dollarni tashkil etadi.
Loyiha 2025-2030-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida amalga oshiriladi. Ushbu hududlarda 8 ta kanalni rekonstruksiya qilish koʻzda tutilgan. Buning natijasida 232 ming gektar sugʻoriladigan ekin maydonlariga suv yetkazib berish yaxshilanadi.
Jahon bankining Hududiy direktori Sameh Vahba boshchiligidagi bank mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida boʻlib, mazkur loyiha doirasida muloqot olib borishdi.
Muloqot chogʻida Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamrayev davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sohada olib borilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Kanallarni betonlash, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish kabi omillar hisobiga yiliga 10 mlrd. soʻm atrofida suvni iqtisod qilish koʻzda tutilgani haqida aytib oʻtdi.
Uchrashuvda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tasdiqlash, Jahon banki va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring