Zelenskiy Ukrainadagi urush 2026-yilning birinchi yarmida yakunlanishi mumkinligini istisno qilmadi
Ukrainadagi urush 2026-yilning birinchi yarmida yakunlanishi mumkin. Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi. Uning soʻzlarini UNIAN keltirdi.
“Biz muzokaralar yevropalik hamkorlarimiz, albatta, AQSH va “koʻngillilar koalitsiyasi”ning barcha ishtirokchilari bilan birga yangi bosqichga chiqqanini qayd etyapmiz. Biz tushunamizki, bu urush Yevroittifoqdagi raisligingiz davridayoq yakunlanishi mumkin”, — dedi Zelenskiy Yevropa Ittifoqi Kengashida Kiprning raislikni qabul qilib olish marosimida soʻzlagan nutqida.
UNIAN qayd etishicha, bu yerda 2026-yilning birinchi yarmi nazarda tutilmoqda, chunki Kipr Yevropa Ittifoqi Kengashiga 2026-yil 1-iyuliga qadar raislik qiladi.
Zelenskiy tinchlik jarayonida Yevropa Ittifoqi hal qiluvchi rol oʻynayotganini alohida taʼkidladi.
“Yangi paket tayyorlanmoqda, Rossiyaning soya flotini nishonga olish uchun koʻplab qadamlar qoʻyilmoqda. Chunki Rossiya yoʻqotayotgan har bir dollar — uning agressor sifatidagi imkoniyatlarining qisqarishi demak”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring