Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Xonanda Rahmatillo Yusupov kecha, 27-dekabr kuni 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda sanʼatkorni tanigan faollar ijtimoiy tarmoqlarda yozmoqda.
Xususan, Shoir Shahriyor Shavkat Facebookʼdagi sahifasida yozishicha, xonanda soʻnggi yillarda ogʻir xastalik kurashib kelayotgan boʻlgan. U bir necha yil oldin koronavirus asoratlari bilan ogʻrib, shifokor qabuliga borgan.U yerda Yusupovga “grija” tashxisi qoʻyilgan va jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.
Biroq muolajadan keyin ham uning ahvoli yaxshilanmagan. Maʼlum boʻlishicha, oʻsha operatsiyada shifokorlar sanʼatkorning nerv tomirlarni “bilib-bilmay, tushunib-tushunmay kesib qoʻygan”.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo xonandani Toshkentga kuchli mutaxassis koʻrigiga olib kelgan. Ammo bir necha kunlik tekshiruvdan keyin “endi kech boʻlgani, tuzatishning iloji yoʻqligi” aytilgan.
Maʼlumot uchun, Rahmatillo Yusupov 1981-yil 15-sentyabr kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida dunyoga kelgandi. U bolaligidan taniqli xonanda Oxunjon Madaliyevga shogird tushgan, uslubi va imijiga ergashgan. Shuning uchun ham Rahmatillo Yusupovni “ikkinchi Oxunjon Madaliyev” deb atashgan.
Sanʼatkor 100 dan ortiq qoʻshiqlar muallifi boʻlgan. U xalq orasida “Ketgim kelmayapti onajon”, “Kelinchak” kabi qoʻshiqlari bilan mashhur edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring