Zelenskiy Saudiya Arabistoni va Turkiyaga tashrif buyuradi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoni va Turkiyaga rasmiy tashriflarini eʼlon qildi. Uning aytishicha, bu safarlar davomida Rossiya yoki AQSH vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilmagan.
Avvalroq Tramp maʼmuriyati Myunxenda Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari ishtirokida uchrashuv oʻtkazilishi mumkinligini maʼlum qilgan edi. Biroq Zelenskiy bunday reja mavjud emasligini tasdiqladi.
Ukraina prezidentiga koʻra, AQSH hali mojaroni tugatish boʻyicha aniq rejaga ega emas. Shuningdek, agar Ukraina NATOga qabul qilinmasa, mamlakatga 1,5 million kishilik armiya kerak boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
Zelenskiy Kiyev Vashingtonga noyob tuproq metallari boʻyicha memorandum loyihasini taqdim etganini maʼlum qildi. BBC maʼlumotlariga koʻra, AQSH Ukraina taklifini koʻrib chiqish uchun juma kuni kechqurungacha vaqt soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring