Zelenskiy hududlar masalasini faqat Putin bilan muhokama qilishga tayyor
Foto: CNN
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududlar masalasini Rossiya bilan muhokama qilishga tayyor, ammo bu faqat Vladimir Putin bilan uchrashuvda amalga oshishi mumkin. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Sergey Kislitsa NBC Newsga bergan intervyusida maʼlum qildi.
— Menimcha, prezident Zelenskiy ochiq-oydin bildirdiki, u prezident Putin bilan oʻtirib, hududlar masalasini muhokama qilishga tayyor. Territorial masalada suhbat boshlanishi mumkin boʻlgan nuqta — bu hozirgi toʻqnashuv chizigʻidir, — dedi Kislitsa.
Unga koʻra, Zelenskiy hududlar masalasida ham Ukraina qonunchiligi, ham jamoatchilik fikriga tayanadi. Ukraina jamiyati esa hech qanday hududni tinchlik evaziga almashishga qatʼiyan qarshi.
Kislitsa, shuningdek, Ukraina hozircha Rossiya prezidenti Vladimir Putin mazmunli muzokaralarga va uchrashuvga tayyorligidan darak koʻrmayotganini taʼkidladi.
Avvalroq xorijiy OAV xabar qilishicha, Putin Alyaskada AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv chogʻida Ukraina Donbassning barcha hududini, jumladan Kiyev nazoratidagi yerlarni ham Rossiyaga topshirishi lozimligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring