FVVning sobiq rahbari Ichki ishlar vaziriga oʻrinbosar boʻldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, Qudratxoʻjayev Botir Bahromovich Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Joʻrayev Rustam Mirzayevich Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Mirzayev Rustam Ravshanovich Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Sattorov Diyorbek Nematjonovich Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti shoʻba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring