Zarurat boʻlmagan joylarda oʻrnatilgan yoʻl belgilari demontaj qilinadi

Foto: YHXX
“Toʻxtash taqiqlangan” va “Toʻxtab turish taqiqlangan” yoʻl belgilarining maqsadga muvofiq oʻrnatilganligi nuqtayi nazaridan toʻliq qayta koʻrib chiqilishi belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, zarurat boʻlmagan joylarda oʻrnatilgan yoʻl belgilari demontaj qilinadi, ularning amal qilish vaqtini koʻrsatuvchi qoʻshimcha axborot belgilari oʻrnatiladi.
Qaror bilan shu belgilarda koʻrsatilgan amal qilish vaqtidan tashqari paytda transport vositalarining tegishlicha toʻxtashi hamda toʻxtab turishiga ruxsat berildi. Masalan, “Toʻxtab turish taqiqlangan” belgisining tagida amal qilish vaqti soat “7:00 — 21:00” deb koʻrsatilgan boʻlsa, transport vositalari ushbu belgi hududida soat 21:00 dan 7:00 ga qadar bemalol toʻxtab turishlari mumkin boʻladi.
Asadovning taʼkidlashicha, bugungi kunda yoʻllardan kesib oʻtuvchi ayrim temir yoʻllarda hafta yoki kun davomida vagonlar harakatlanmasada, haydovchilar belgi oldida toʻxtashga majbur va natijada uzun tirbandliklar yuzaga kelmoqda.
Masalan, Toshkent shahrining Fargʻona yoʻli koʻchasi (koʻprik oldida), Choʻponota va Shota Rustaveli koʻchalari kesishmasi, Kichik xalqa yoʻli (Qushbegi) singari yirik yoʻllarda zarurat boʻlmasada, haydovchilar toʻxtashga majbur.
Shu munosabat bilan qaror bilan avtomobil yoʻllaridan oʻtgan ayrim temir yoʻl kesishmalarida “Stop” belgilari boshqariluvchi svetoforlarga almashtirilishi belgilandi.
Shuningdek, qarorga muvofiq:
- IIV tomonidan 2025-yil yakuniga qadar chorraha va yoʻllardagi barcha maxsus texnika vositalari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi;
- xatlov natijalari boʻyicha oʻzboshimchalik bilan yoki belgilangan tartibga rioya etmagan holda oʻrnatilgan, texnik va standart talablariga javob bermaydigan texnika vositalari demontaj qilinadi;
- haydovchilar tomonidan tezlikni oshirish holatlari koʻplab kuzatilayotgan hududlarda avtomashinalarning ayni vaqtdagi tezligini koʻrsatib ogohlantiruvchi elektron tablolar oʻrnatiladi;
- tadbirkorlarning maxsus texnika vositalaridan foydalanishda shaxsga doir maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, suiisteʼmolchiliklarning oldini olish choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring