Zarafshonda «East Telecom» kompaniyasining hududiy ofisi ochildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. “East Telecom” mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan yetakchi telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderlaridan biri boʻlib, kompaniyaga 2003-yilda asos solingan. Shuningdek, u Koreya Respublikasining integratsiyalashgan eng yirik telekommunikatsiya xizmatlari provayderi “Korean Telecom” kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi.

Kompaniyaning Zarafshon shahrida ochilayotgan hududiy ofisi taqdimotida mamlakatimizda telekommunikatsiya va internet xizmatlari koʻrsatish sohasi izchillik bilan barcha hududlarni qoplab, xizmat sifati tubdan yaxshilanib borayotganligi taʼkidlandi.
— Kompaniyamiz Oʻzbekistonning har bir hududida oʻz filialiga ega, — deydi “East Telecom” kompaniyasining bosh direktori Kim Sungmin. — 700dan ortiq mutaxassislardan iborat jamoamiz umumiy uzunligi 2600 kilometrdan ortiq tarmoqqa xizmat koʻrsatadi.

Zarafshonda “East Telecom”ning navbatdagi hududiy vakolatxonasi ochilishi 20 milliard soʻmlik loyiha boʻlib, uzunligi 240 km boʻlgan optik tolali magistral liniya orqali shaharda yanada sifatli internet tarmogʻini yoʻlga qoʻyish imkonini bermoqda. Kompaniya yaqin kelajakda viloyatning Uchquduq shahrida ham oʻz ofisini ochishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring