Zangiotadagi yer osti yoʻliga yuk avtomobili tiqilib qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanida yer osti avtomobil yoʻli yopilib qolgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 26-sentyabr kuni soat 19:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tariq teshar” mahallasi hududidan oʻtgan M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻli ostidan oʻtgan yer osti yoʻlidan tegishli taqiqlovchi yoʻl belgilari oʻrnatilganligiga qaramasdan haydovchi 1971-yilda tugʻilgan M.S. boshqaruvidagi "MAN" rusumli yuk avtomobilida harakatlanib kelib, gabarit oʻlchamlari toʻgʻri kelmaganligi sababli koʻprikning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan qismidagi beton toʻsinga urilishi natijasida toʻxtab qolgan.
Shundan soʻng, voqea joyiga zudlik bilan yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari yetib kelgan hamda yuzaga kelgan holatni bartaraf etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur holat natijasida harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga va koʻprikning avtomobillar harakatlanish uchun moʻljallangan qismiga zarar yetmagan. Faqatgina koʻprikning piyodalar harakati uchun moʻljallangan qismi shikastlangan.
Hozirda koʻprikning shikastlangan qismini taʼmirlash choralari boshlab yuborilgan. Shuningdek, avtomobillarning erkin harakatlanishi toʻliq tiklangan.
“Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring