Zangiotada yana bir ekstremistik guruh aʼzolari ushlandi
Avvalroq, Zangiota tumanida bir guruh ekstremistik oqim aʼzolari ushlangan haqida xabar berilgan va holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilgandi.
Aniqlangan maʼlumotlar asosida kuni kecha Toshkent viloyatining Zangiota tumanida navbatdagi “Xavfsiz hudud” tezkor tadbiri tashkil etilgan.
Tadbirda viloyat Prokuraturasi, DXX va IIBB xodimlari ishtirok etib, yashirin ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanayotgan “ikkinchi” bir guruh shaxslar ushlandi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, viloyat boʻyicha oʻtayotgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davomida, “qidiruv”, “yonida tigʻli jism olib yurish”, “belgilangan karantin va «Pasport-viza” qoidalarini buzish», “jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish”, “bezorilik” va “noqonuniy ov quroli saqlash” kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda choralar koʻrilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring