Zamonaviy sharoitlarga ega yangi bino ona va bola salomatligiga xizmat qiladi
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Uning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar ushbu muassasaning aholi salomatligini asrashdagi ahamiyatiga alohida toʻxtaldilar.
Qayd etilganidek, 2023-yilda Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va hududlarda uning filiallari tashkil qilingan edi.

Samarqandda ona va bola skriningi, reproduktiv salomatlik va yordamchi reproduktiv texnologiyalar boʻlimi ish boshladi. Ushbu boʻlimlarning faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida investitsiya dasturi asosida 12,5 milliard soʻm mablagʻ sarflanib, toʻrt qavatli bino qurildi.
- Ushbu binoda onalar salomatligi, sogʻlom farzand koʻrishi uchun xalqaro standartlarni oʻzida mujassam etgan zamonaviy sharoitlar yaratildi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filiali rahbari Lola Hamroyeva. — 250 qatnovga moʻljallangan ayollar konsultativ maslahatxonasi, ona va bola skriningi, perinatal skrining, reproduktiv salomatlik, boʻlajak onalar maktabi kabi boʻlimlarda faqat ayollar emas, qizlarni ham oʻz vaqtida tekshiruvdan oʻtkazish, ularda mavjud xastaliklarni davolash imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ona va bola skriningi boʻlimida biokimyoviy perinatal skrining natijasida yuqori xavf guruhi aniqlangan homiladorlarda xromasom anomaliyalar (Daun, Edvers, Patau tyorner sindromlari) mavjudligini aniqlash uchun amniosintez amaliyoti oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Aytish kerakki, bu amaliyot viloyatda ilk bor oʻtkazilib, shu paytgacha aniqlanmagan koʻplab nogironliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Filialda turkiyalik tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda EKO markaz ham tashkil etilib, uzoq yillardan beri farzand koʻrolmayotgan oilalar uchun imkoniyat yaratildi. Eʼtiborli tomoni, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qirq nafariga ushbu amaliyotni bepul oʻtkazish rejalashtirilgan.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring