YUNESKOning 80-yilligiga bagʻishlangan yashil bogʻlar barpo etilmoqda
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasida Samarqand shahrida ushbu tashkilotning 80-yilligi munosabati bilan 5 gektardan ortiq hududda yashil bogʻlar tashkil etilmoqda.
“Merosga tayanib, kelajak sari” shiori ostida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbus YUNESKOning asosiy qadriyatlari — tinchlik, madaniyatlararo muloqot, madaniy merosni asrash va ekologik barqarorlik gʻoyalarini ifodalaydi.

Xalqaro forum ishtirokchilari va nufuzli mehmonlar bugun shu loyihada qatnashib, Samarqand xalqaro turizm markazi hududida 1,2 gektar maydonda 564 tup daraxt va buta koʻchatlari oʻtqazdi.
Xuddi shunday ikkinchi yashil bogʻ Samarqand shahar Qorasuv massivi hududida, Zarafshon daryosiga yaqin joyda yaratilmoqda.
Yashil bogʻlarga YUNESKOning 80-yilligiga bagʻishlangani uchun ramziy maʼnoda 80 mingta koʻchat ekiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring