Yoshlar bandligi va oilalar farovonligi doimiy eʼtiborda

16:47 12 Sentyabr 2025 Siyosat
123 0

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Fargʻona viloyati va Quva tumanidagi bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha tashkil etilgan shtablar faoliyati oʻrganildi.

Xususan, viloyatda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, ularni mehnat bozoriga munosib tayyorlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha komissiyalar faoliyati koʻrib chiqilib, yosh avlodning tarbiyasi va huquqlarini himoya qilish borasida amaliy yordam koʻrsatish mexanizmlari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?