“Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkaziladi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda “Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkaziladi. Bu haqda Prezidentning “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qarorida keltirilgan.
Qarorga koʻra, 2026-yildan har yili yoshlarning eng yaxshi biznes va startap loyihalarini aniqlash va ragʻbatlantirish boʻyicha “Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkaziladi hamda uning natijalari boʻyicha quyidagilar belgilandi:
• 100 tagacha biznes va startap loyihalarning har biriga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi va “Yoshlar ventures” venchur jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 mlrd soʻmgacha investitsiya kiritiladi;
• Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida startap va biznes loyihalarni brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning BHMning 100 baravarigacha miqdorda xarajatlari toʻlab beriladi;
• Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi kengashi chempionat gʻoliblarini davlat mukofotlari, “Faol tadbirkor” va “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishonlariga tavsiya etish uchun vakolatli organlarga takliflar kiritadi.
2026-yil 1-apreldan “Raqamli startaplar” dasturida ishtirok etuvchi startap loyihalarga IT-park rezidenti maqomi beriladi hamda ularga qonunchilikda belgilangan eksportning minimal koʻrsatkichlari talabisiz tegishli imtiyoz va preferensiyalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” koʻrgazmasi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring