Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash istagini bildirdi
Illyustrativ foto
Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzish niyatida. Bu haqda mamlakatning yangi Bosh vaziri Sanae Takaiti maʼlum qildi.
Rossiya bilan munosabatlar qiyin ahvolda, ammo Yaponiya hukumatining yoʻnalishi hududiy masalasini hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishdir”, — dedi u.
Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sanae Takaiti parlamentning ikkala palatasida oʻtkazilgan ovoz berishdan soʻng Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziri sifatida saylandi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko Moskvaning Yaponiyaning yangi bosh vaziriga boʻlgan umidlarini maʼlum qilgan edi. Diplomatning taʼkidlashicha, Rossiya tomoni Takaiti tajribasi Rossiya — Yaponiya munosabatlaridagi muammolarga yangicha qarash imkonini beradi, deb umid qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring