Yaponiya hukumati isteʼfoga chiqdi
Illyustrativ foto
Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba boshchiligidagi hukumat isteʼfoga chiqdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi. Bunga tushdan keyin boʻlib oʻtadigan yangi bosh vazir uchun parlament saylovlari sabab boʻlgan.
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi muxolifatdagi Yaponiya yangilanish partiyasi bilan koalitsiya tuzishga kelishib olgan. Bu koalitsiya Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sanae Takaitining bosh vazir etib saylanishini kafolatlaydi.
Shu yilning oktyabr oyi boshida Takaiti ovoz berishning ikkinchi bosqichidan keyin Liberal-demokratik partiyaning yangi raisi etib saylandi. Hammasi boʻlib u 341 ovozdan 185 tasini oldi. Uning raqibi, sobiq bosh vazir Dzyunʼitiro Koidzumining oʻgʻli Sindziro Koidzumi 156 ta ovoz oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring