Yanvar oyida qaysi avtomobil eng koʻp ishlab chiqarildi?

12:54 03 Mart 2026 Iqtisodiyot
213 0

Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar oyida turli rusumdagi 22 099 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Joriy yilning ilk oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar rusumlari boʻyicha taqsimlanganda, eng yaxshi koʻrsatkich “Cobalt”da kuzatilib, oy davomida 6 993 ta shu rusumdagi avtomobil ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, “Damas” 3 628 dona, KIA 2 298 dona, “Onix” 1 974 dona, “Tracker” 1 900 dona, BYD 1 352 dona, “Haval” 1 135 dona, “Chery” 757 dona hamda maxsus yengil avtomobillar 2 062 donani tashkil qilgan. Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 ming donaga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер