Yangiariq tumanida qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

12:23 09 Iyun 2025 Jamiyat
91 0

Xorazm viloyati Yangiariq tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimlaridan biri mansab vakolatidan foydalangan holda fuqaroning ishonchini suisteʼmol qildi. Maʼlumotlarga koʻra, u tuman hududida joylashgan va “Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi” davlat muassasasi balansida boʻlgan 29 gektar yer maydonini chorvachilik faoliyati uchun 49-yillik ijaraga olib berish va shu yerga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 4000 AQSH dollari talab qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu xodim 3900 AQSH dollari va 1 mln 297 ming soʻm pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) va 28,211-moddasi 1-qismi (pora olishga suiqasd) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat mansabdor shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan korrupsion xatti-harakatlarga qarshi qatʼiy chora koʻrilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер