Yangi kimyo zavodi ishga tushdi

Foto: “Xalq soʻzi”
Nurobod tumanining Sazagʻon massividagi yillar davomida foydalanilmasdan turgan tashlandiq maydonlardan Urgut erkin iqtisodiy zonasi uchun 360 gektar yer maydonining ajratilishi natijasida oʻtgan qisqa fursat ichida hududda qator sanoat korxonalariga asos solinmoqda.
Ayni vaqtda hududda qiymati qariyb 80 million AQSH dollari boʻlgan 14 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu kunga qadar 52,4 million dollarlik 10 ta iqtisodiy loyihalar ishga tushirilib, 500 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Ahamiyatlisi, Urgut erkin iqtisodiy zonasining Sazagʻon massivida ishga tushirilgan korxonalar tomonidan joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 151 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 6 million AQSH dollaridan ortiq mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Kuni kecha massivda rossiyalik investorlar ishtirokida yana bir yirik loyiha — oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini ishlab chiqaruvchi yangi qoʻshma korxona oʻz ishini boshladi.
Kimyo sanoatida 145-yillik tarixga ega boʻlgan Shyolkovo Agroxim kompaniyasi ham mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik va investitsion muhitga katta qiziqish bildirishgan edi. Shu asosda investorlar 2018-yilda Urgut erkin iqtisodiy zonasining Sazagʻon massivida oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy yirik zavod qurishga qaror qilishgandi. Davlatning qoʻllab quvvatlovi bilan oʻtgan qisqa fursatda 5 gektar maydonda 30 million AQSH dollariga teng boʻlgan yirik loyihaga asos solindi.
— 5 gektar maydonda ish boshlagan korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida 50 turdagi kimyoviy vositalar ishlab chiqariladi, — deydi qoʻshma korxona bosh mutaxassisi Ixtiyor Qoʻldoshev. — Mahsulotlar 3 ta asosiy, 1 ta yordamchi sexda tayyorlanadi. Sexlarga oʻrnatilgan texnologiyalar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan soʻngi avlod texnologiyalari boʻlib, 11 ta reaktor va 7 ta yomkostlar maxsus uskunalar bilan jihozlangan.
Korxonada bugungi kun talabidan kelib chiqib emulsiyali preparatlarni ishlab chiqarish ham yoʻlga quyilmoqda. Ushbu quvvatning ishga tushishi bilan birinchi bosqichda 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Korxonani ishga tushishiga bagʻishlangan tantanali marosimda Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi, viloyat hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular korxona faoliyati bilan tanishib, bu yerda mehnat qilayotganlar bilan muloqotda boʻldi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring