Yangi yil kechasi Fargʻonada 20 yoshli yigit pichoqlab oʻldirildi

01:10 06 Yanvar 2022 Jamiyat
1145 0

Fargʻona viloyatida avtomobilni yoʻldan olib tashlashni soʻragani uchun 20 yoshli yigit pichoqlab oʻldirildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 1-yanvar kuni soat 03:30da 20 yoshli yigit oʻrtoqlari bilan “Cobalt” rusumli avtomashinada uning uyi tomon ketayotgan boʻlgan. Shu payt koʻcha boshida toʻxtab qolgan “Gentra” va “Nexia-3” rusumli avtomashinalar ularning yoʻlini toʻsib qoʻyganini koʻrishdi.

Qayd etilishicha, erkaklar yoʻl berish soʻralganda ogʻzaki oʻzaro toʻqnashuvga kirishgan. Oʻzaro janjal chogʻida ulardan biri pichoqni chiqarib, koʻkrak qismiga sanchgan. Shundan soʻng u sheriklari bilan birga mashinaga oʻtirib, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast etkazish jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Aybdor qoʻlga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер