Yana bir muhim Qonun maʼqullandi
Bugun, 20-noyabr kuni boʻlib oʻtayotgan parlament yuqori palatasining toʻqqizinchi yalpi majlisida “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Mazkur Qonun bilan “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Oʻzgartirish bilan narx-navo oshib ketishining oldini olish maqsadida joriy yilning yakuniga qadar ayrim turdagi aksiz soligʻi stavkalarini oʻzgarishsiz saqlab turish nazarda tutilmoqda.
Qolaversa, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun foydalanilgan suv hajmlari boʻyicha soliq stavkalarining belgilangan miqdordan 50 foizga kamaytirilishi ham belgilanmoqda.
Taʼkidlash joizki, Qonun bilan alohida sharoitlarda, yaʼni koronavirus pandemiyasi sharoitida soliq majburiyatlarini bajarish belgilanadi. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan soliqlarni va boʻnak toʻlovlarini toʻlashni foizsiz kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni taqdim etish, shuningdek qoʻshimcha vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, soliqlardan yengilliklar taqdim etish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga beriladigan huquqlar ham oʻzgarishlarda oʻz aksini topmoqda.
Qonunning maʼqullanishi iqtisodiy islohotlar barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring