Yakkabogʻlik tadbirkor ayol ikkinchi bor Prezident sovgʻasini oldi

12:49 24 Noyabr 2021 Jamiyat
769 0

Foto: Халқ сўзи

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ayollar daftari”ni yuritish, xotin-qizlarning muammo va murojaatlarini hal etish, yangi ish oʻrinlari yaratish jarayonida faol ishtirok etgan mutasaddilar, tadbirkorlar va soha vakillarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tanlov eʼlon qilingan edi. Unda nomzodlarning ishda erishgan yutuq va tajribalari “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” hamda “Eng namunali ayol ish beruvchi” nominatsiyalari boʻyicha baholandi.

Tanlovda yakkabogʻlik tadbirkor, “Setora imkon plyus” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari Nargiza Salomova “Eng namunali ayol ish beruvchi” deb eʼtirof etilib, Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobili sohibiga aylandi.

— Men ikkinchi bor Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobilini Oʻzbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Narbayeva qoʻlidan qabul qilib olar ekanman, koʻksim gʻurur va iftixor hislari bilan toʻldi,- deydi Nargiza Salomova. — Chunki “Tashabbus-2019” koʻrik-tanlovida ham bosh mukofot — Prezident sovgʻasini qoʻlga kiritgan edim. Yana bir bor amin boʻldimki, el dardi bilan yelib-yugurgan odam kam boʻlmas ekan.

N. Salomova rahbarlik qilayotgan nodavlat taʼlim muassasasida har yili 300 nafardan ziyod xotin-qiz hunar oʻrganib, mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topmoqda.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер