WSJ: Tramp “Binance” kriptovalyuta birjasi asoschisi Changpeng Chjaoni afv etdi
“The Wall Street Journal” nashrining xabar berishicha, AQSH prezidenti “Binance” kriptovalyuta birjasi asoschisi Changpeng Chjaoni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Xabarlarga koʻra, afv 22-oktyabr kuni imzolangan.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livittning taʼkidlashicha, Tramp sobiq prezident Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan “kriptovalyutaga qarshi urushning bir qismi sifatida” “jinoiy javobgarlikka tortilgan” Chjaoni afv etish orqali oʻzining konstitutsiyaviy vakolatlaridan foydalangan.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Bayden maʼmuriyatining kriptovalyutaga qarshi urushi tugadi.
2023-yil noyabr oyida AQSH hukumati “Binance” kompaniyasiga Bank siri toʻgʻrisidagi qonunni buzganlik, pul yuvish, toʻgʻri roʻyxatdan oʻtmaganlik va sanksiyalardan boʻyin tovlaganlik uchun 4,3 milliard dollar toʻlashni buyurdi.
Changpeng Chjao samarali pul yuvishga qarshi dasturni amalga oshirmaganlikda aybdor deb topildi. 2024-yil bahorida u toʻrt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi va jazosini oʻtab boʻlganidan soʻng oʻsha yilning sentyabr oyida ozod qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring