Vobkentlik vunderkind bolalar uchun robot yaratdi
Foto: “Xalq so‘zi”
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 6- ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Shahzod Erkinov bolalarbop robot repetitor yaratdi.
– Bu robot maktab yoshigacha boʻlgan bolajonlar uchun moʻljallangan,– deydi Shahzodning ustozi, mazkur bilim dargohining fizika fani oʻqituvchisi Gulnoz Tursunova. – U bolalar bilan birga oʻynaydi, yaʼni oʻyinchoq vazifasini oʻtaydi. Muhimi, kichkintoylar bilan suhbatlashib, savollariga javob beradi.Ularning soʻz boyligini oshirishga, dunyoqarashlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ixcham robot repetitor telefon vositasida boshqariladi.
Bu kabi oʻnga yaqin loyihaning muallifi sanalgan vunderkindning izlanishlari zoye ketmayapti. Aynan shu ixtirosi bilan Shahzod Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligining ilmiy – ommabop nashri – “XXI asr texnologiyalari” jurnali tomonidan eʼlon qilingan “Raqamli texnologiyalar – yoshlar nigohida” tanlovida qatnashdi va gʻoliblar safidan oʻrin oldi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring