Vladimir Putin: Kemerovodagi fojia mas’uliyatsizlik, o‘lda-jo‘lda ish qilish tufayli yuz berdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kemerovodagi “Qishki olcha” savdo markazida yuz bergan yong‘in oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida ro‘y bergan voqeaga beparvolik hamda o‘lda-jo‘lda ish qilish sabab bo‘lganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, savdo markazidagi yong‘in tufayli 60dan ortiq inson halok bo‘ldi.
“Bizda nimalar yuz beryapti, axir bu jangovar harakatlar, shaxtada metanning chiqib ketishi kabi kutilmagan hodisa emasku. Odamlar, bolalar dam olishga kelgandi. Biz demografiya haqida gapirmoqdamiz va shuncha insonni nima sababdan yo‘qotmoqdamiz? Qabul qilib bo‘lmas mas’uliyatsizlik, o‘lda-jo‘lda ish qilish tufayli”, — dedi Rossiya Prezidenti.
Shuningdek, u bir daqiqa sukut saqlab, halok bo‘lganlarning yaqinlari va do‘stlariga ta’ziya izhor qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring