Vladimir Norov Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyarto bilan uchrashdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 2022-yil 20-sentyabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyarto bilan uchrashdi.
Soʻnggi yillarda ikki mamlakat xalqlarining koʻp asrlik tarixiy yaqinligi va yaqin aloqalariga asoslangan Oʻzbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlari yuqori dinamika bilan ajralib turadi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Vengriya yetakchilarining oʻzaro tashriflar yakunida qabul qilingan qarorlarini sifatli amalga oshirishga tayyorligi tasdiqlandi. Rejalashtirilgan tadbirlar, shu jumladan, Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishi va Oʻzbekiston-Vengriya biznes-forumining tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Jahon va mintaqaviy siyosat masalalari boʻyicha qarashlar va yondashuvlarning oʻzaro mos kelishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat BMT, YEXHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qoʻllab-quvvatlash amaliyotini davom ettirishi taʼkidlandi.
Delegatsiyalar tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish, sarmoya kiritish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, biznes subyektlarining bevosita aloqalarini qoʻllab-quvvatlash, mintaqalararo aloqalarni jadallashtirish boʻyicha birgalikda chora-tadbirlar koʻrish muhimligini taʼkidladilar.
Oʻzbekiston va Vengriyaning taʼlim, fan va innovatsiya sohalarida aloqalarni rivojlantirishdan birday manfaatdorligi bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring