Vitaliy Levchenko faoliyatini Tojikiston klubida davom ettiradi
2025-yilgi mavsumda Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi bilan Oʻzbekiston Superligasida gʻolib boʻlgan tojikistonlik murabbiy Vitaliy Levchenko faoliyatini “Istiqlol Dushanbe” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
“Klub rahbariyati Vitaliy Levchenko bilan yangi mavsumda ulkan gʻalabalar qoʻlga kiritilishiga ishonadi”, deyiladi klub xabarida.
Maʼlumot uchun, Levchenko avval ham “Istiqlol” jamoasiga murabbiylik qilgan boʻlib, ichki va xalqaro maydonda jamoa bilan salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgan.
Mutaxassis 2025-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston professional futbol ligasi tomonidan “Superliganing eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring