Vazirlar Mahkamasida ayrim lavozimlar tugatildi
arxiv foto
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:
- Bosh vazirning taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
- Bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi;
- Mahalla, oila va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, madaniyat, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
- Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati.
Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring