Vatandoshlarimiz Umra ibodatini koʻtarinki kayfiyatda ado etmoqda
Ayni paytda oʻzbekistonlik ziyoratchilar Makka va Madina shaharlarida boʻlib, Umra ibodatini ado etishmoqda. Ziyoratchilarimiz Saudiya Arabistonidagi Jidda shahriga yetib borgandan soʻng dastlab zamonaviy avtobuslarda Madina shahriga borib, barcha sharoitga ega boʻlgan “PullMan Zam Zam” mehmonxonasiga joylashdi. Keyin
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bu yerda ziyoratchilarimiz Savr va Nur togʻlari, Arafot maydoni, Mino,
Endi ziyoratchilarga yaratilgan qulayliklar haqida qisqacha toʻxtalib oʻtsam. Jumladan, aynan “PullMan Zam Zam” mehmonxonasining tanlangani ham biz, ziyoratchilar uchun bir qator qulayliklar tugʻdirmoqda. Chunki keksa yoshdagilarning besh vaqt
Zamon talablari darajasida jihozlangan mehmonxonada ziyoratchilar uchun uch mahal issiq ovqat, tabiiy sharbatlar, shirin pishiriqlar, meva-sabzavotlar tortiq etilmoqda. Aslida gap bunda ham emas, balki oʻzbekistonlik ziyoratchilarga koʻrsatilayotgan alohida hurmat-ehtiromdadir.
Yon-atrof, shahar koʻchalari kechasi yanada fayzli, kunduzi ham sokin va tarovatli. Zamonaviy yoritish uskunalari bilan taʼminlangan butun hudud tunda ham kunduzdek, goʻyo. Aholiga xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi.
Bir soʻz bilan aytganda, oʻzbekistonlik ziyoratchilar Umra ibodatini yuqori darajada ado etishmoqda. Bu esa mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda roʻyobga chiqarilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
(Saudiya Arabistoni Jidda shahridan maxsus)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring