Vashington shahrida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik hamkorlik dialogining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

14:02 14 Dekabr 2022 Siyosat
497 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov joriy yil 13-dekabr kuni AQSHning Vashington shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik hamkorlik dialogining ikkinchi yigʻilishi doirasida “Insoniylik mezonlari” masalalariga bagʻishlangan toʻrtinchi sessiyasiga rahbarlik qildi.

Tadbirda Oʻzbekistonda demokratik institutlarni mustahkamlash va ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlar, soʻz erkinligini himoya qilish va fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash, diniy erkinlik sohasidagi hamkorlik, mehnat huquqlari va odam savdosiga qarshi kurash, gender tenglikni taʼminlash sohasidagi hamkorlik, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik, jazoni ijro etish maskanlaridagi sharoitlar masalalari muhokama qilindi.

Amerika tomoni Oʻzbekistonda 2022–2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganligini eʼtirof etdi, hususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yoʻnalishida hamda inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarni bajarishda ulkan yutuqlarga erishilayotganligini, ushbu yoʻnalishlarda yanada samarali hamorlikni davom ettirish tarafdori ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston vakillari tomonidan tadbir kun tartibi mavzulari doirasida kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va davom ettirish maqsadida aniq va konstruktiv takliflar ilgari surildi.

Vazir shuningdek Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida bir qator qoʻshma tadbirlarda, hususan AQSH davlat kotibi E.Blinken, AQSH Kongressi aʼzolari va hukumat vakillari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbarlari bilan uchrashuvlarda ham ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?