Toshkentda ekologik talablarga javob bermaydigan korxonalar faoliyatiga qatʼiy cheklovlar joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–229-son “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida atmosferaga zararli modda chiqaradigan sanoat korxonalari va issiqlik manbalariga nisbatan talablar keskin kuchaytiriladi. Ekologik meʼyorlarni buzayotgan va filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilmagan obyektlar faoliyati vaqtincha toʻxtatilishi yoki butunlay cheklanishi mumkin.
Shuningdek, poytaxtning ayrim hududlarida majburiy tarzda koʻchirilishi kerak boʻlgan sanoat zonalari va korxonalar roʻyxati shakllantiriladi. Ularni yangi, zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan hududlarga koʻchirish orqali aholi yashaydigan massivlar yaqinidagi ekologik yuklama kamaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring