Fargʻonada hokim oʻrinbosari Prezident siyosatiga qarshimi?
Videodan kadr
Ayni kunlarda mamlakatimizda atrof-muhit xavfsizligini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda atmosfera havosini ifloslantirishga qarshi kurashish maqsadida keng koʻlamli ekologik nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu boʻyicha davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qarorlari qabul qilinmoqda.
Mana shunday ishlar jadal davom ettirilayotgan bir paytda Fargʻona viloyatining Buvayda tumani hokimi oʻrinbosari Saidali Xidirov noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi boʻlgan Ekologiya qoʻmitasi inspektori Ahrorjon Niyozovga kuch ishlatib, Milliy gvardiya xodimlari yordamida tuman IIBga olib ketdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherboyev maʼlum qildi.
Bildirilishicha, aholi murojaatiga asosan holat joyiga tezkor yetib borgan Ekologiya qoʻmitasi inspektori noqonuniy daraxt kesish holatini aniqlab, uni toʻxtatish va belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmoqchi boʻlgan. Biroq uning qonuniy harakatiga zoʻravonlik yoʻli bilan qarshilik koʻrsatilgan.
“Ekologiya milliy qoʻmitasi hokim oʻrinbosari va boshqa masʼul shaxslarning bu harakatini keskin qoralaydi va ularning qonuniy javobgarlikka tortilishi choralarini koʻradi”, deb yozadi Rasul Kusherboyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring