Uzun tumanida “Xalq va armiya – bir tan, bir jon” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Uzun tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlardan birida “Xalq va armiya – bir tan, bir jon” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida yoshlar harbiy texnika, qurol-aslaha va harbiy jihozlar bilan yaqindan tanishib, ularning texnik imkoniyatlari hamda qoʻllanish tartibi haqida batafsil maʼlumot oldilar. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan ijtimoiy shart-sharoitlar haqida ham tushuntirishlar berildi.
— Tadbir juda qiziqarli va taassurotlarga boy boʻldi, — deydi ishtirokchi Sardor Abdullayev. — Harbiylar hayotiga boʻlgan qiziqishim yanada ortdi. Bunday tadbirlar biz, yoshlarni milliy armiyaning ahamiyati bilan yaqindan tanishtirib, Vatan himoyasiga boʻlgan hurmat va faxr tuygʻularini mustahkamlaydi.
Qayd etilishicha, bunday uchrashuv va tadbirlar yosh avlodda vatanparvarlik, fidoyilik va yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring