Uztextilexpo-2023 Kuz VII Xalqaro toʻqimachilik va moda koʻrgazmasining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtadi
Joriy yil 18-oktyabr kuni Uztextilexpo-2023 Kuz VII Xalqaro toʻqimachilik va moda koʻrgazmasining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtadi.
AOKAda “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi rahbariyati va soha tashkilotlari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida “Tashkent Textile Week“ xalqaro toʻqimachilik haftaligi va ”UztextileExpo Autmn 2023» xalqaro koʻrgazmasi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Xalqaro koʻrgazmada Xitoy, Hindiston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlaridan 180 kompaniya va brend ishtiroki kutilmoqda.
Koʻrgazmaning mantiqiy davomimi bu bayerlar dasturi boʻlib, unda 100 dan ortiq kompaniya oʻz ishtirokini tasdiqladi.
Shu bilan birgalikda, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va USAIDning biznesni rivojlantirish dasturi bilan hamkorlikda toʻqimachilik sanoati uchun “Brending maktabi” ilk treninglari boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, haftalik doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi kabi tashkilotlar vakillari, Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va toʻqimachilik sanoati korxonalari ishtirokida Better Work Uzbekistan dasturi seminarlari ham oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring