“UzAirways” mustaqillik bayramiga chegirmalar eʼlon qildi
Oʻzbekiston havo yoʻllari mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan chegirmalar eʼlon qildi. Bu haqda “UzAirways” matbuot xizmati xabar berdi.
“Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentyabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflaridan 30% chegirma taqdim etamiz”, deyiladi xabarda.
Chegirmali aviachiptalarni 6-avgustdan 3-sentyabrgacha booking.uzairways.com sayti, ilovasi, “Uzbekistan Airways Sales” filiallari va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Kompaniyaning bildirishicha, yoʻlovchi va yuk tashish tariflariga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar ham oʻrnatiladi. Ularga 30% lik chegirma amal qilmaydi.
Avvalroq, Prezidentimiz Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring