Ustamalar belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, koʻrik – tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati tasdiqlandi

19:18 14 Fevral 2026 Jamiyat
493 0

Ustamalar belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, koʻrik – tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqida taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 35-son buyrugʻiga ilova sifatida 2026-2027 oʻquv yili uchun umumtaʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning bazaviy taʼrif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar belgilashda oʻquvchilarining ishtiroki natijalari inobatga olinadigan fan olimpiadalari, koʻrik – tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati tasdiqlangan.

Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 1-bandi 2-pozitsiyasi boʻyicha baholashda inobatga olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер