Usmon Dembele “The Best” mukofotini qoʻlga kiritdi
Fransiya milliy terma jamoasi va Parijning PSJ klubi vingeri Usmon Dembele FIFA tomonidan tashkil etilgan “The Best” yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohibi boʻldi.
FIFA marosimida eʼlon qilingan natijalarga koʻra, Dembele ovoz berishda boshqa nomzodlarni ortda qoldirib, yilning eng yaxshi erkak futbolchisi deb topildi.
Maʼlumot uchun, Usmon Dembele oʻtgan mavsum PSJ safida barqaror va samarali oʻyin namoyon etdi. U Fransiya chempionati, mamlakat kubok musobaqalari hamda Yevropa maydonlarida jamoasining asosiy yetakchilaridan biri boʻldi. Shuningdek, futbolchining individual koʻrsatkichlari ham yuqori baholandi.
Qayd etish joiz, “The Best” mukofoti FIFA tomonidan har yili futbolchilar, murabbiylar, milliy terma jamoalar sardorlari va muxlislar ovozi asosida topshiriladi.
Usmon Dembele mazkur mukofotni qoʻlga kiritish orqali faoliyatidagi eng yirik shaxsiy yutuqlardan biriga ega chiqdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring